Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kobalt»ni olib qochgan maktab o‘quvchisi ushlandi

«Kobalt»ni olib qochgan maktab o‘quvchisi ushlandi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 28 noyabr kuni Olmazor tumanida yashovchi 224-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi, muqaddam sudlangan I.M. «Farhod» yarmarkasi oldidagi 14-blokda joylashgan avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasida «Kobalt» avtomashinasini haydab qochgan. Bu avto xususiy tadbirkor U.S. tomonidan ta’mirlash uchun ustaxonada qoldirgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida I.M. yuqoridagi yarmarka oldida shu hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Avtomashina texnik soz holda egasiga topshirilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring