Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi ko‘chmas mulk huquqi yuzasidan aksiya e’lon qildi

Adliya vazirligi ko‘chmas mulk huquqi yuzasidan aksiya e’lon qildi

Adliya vazirligi joriy yilning 10 maydan — 30 iyun kuniga qadar fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish bo‘yicha aksiya e’lon qiladi.

Buning uchun quyidagi havola orqali murojaat eting va o‘z huquqingiz himoya qilinishiga erishing.

Sizning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlaringiz buzilyaptimi?
 
Turar joyingiz qonunga xilof ravishda buzildimi?
 
Buzilgan imoratingiz uchun kompensatsiya to‘lanmayaptimi?
 
Sizga taklif etilgan kompensatsiya turi sizni qoniqtirmayaptimi?
 
Ko‘chmas mulkka nisbatan egalik huquqini ololmayapsizmi?

Bunga barham berish uchun aksiyada ishtirok eting.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring