Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuzatuv kameralari qidiruvdagi otani ushlab berdi

Kuzatuv kameralari qidiruvdagi otani ushlab berdi

Muzrabotlik qidiruvda bo‘lgan fuqaro ota kuzatuv kameralari yordamida Toshkent shahridan topildi.

Muzrabot tumanida yashovchi qarzdor Abdusamad Qosimovdan voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun sud buyrug‘iga asosan aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli Majburiy ijro byurosi Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan edi.

Byuroning viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruvlar natijasiga ko‘ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida kuzatuv kameralari yordamida qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota aniqlanib ushlandi. Ijro harakatlarini davom ettirish uchun u Byuroning Muzrabot tuman bo‘limiga olib kelindi.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi binosida taraflar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandlari uchun jami 17 million 600 ming so‘m  so‘m aliment qarzdorligini to‘lashdan bosh tortib kelganligi sababli sudning qarori bilan qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring