Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahalliy yo‘lto‘sarlar. «Spark» egasi do‘pposlandi va 5 000 dollari olib qo‘yildi

Mahalliy yo‘lto‘sarlar. «Spark» egasi do‘pposlandi va 5 000 dollari olib qo‘yildi

Illyustrativ foto

2019-yil 17-fevral kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.Q. soat 00:30larda o‘z boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasida O‘tarchi mahallasi hududida ketayotgandi. To‘satdan 5 nafar noma’lum shaxs uning yo‘lidan chiqadi va mashinasini to‘xtatib, A.Q. tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazishadi.

So‘ng bosqinchilar uni ovloq joyga olib borib, avtomashina salonidan 5 000 AQSh dollari va sariq metalldan yasalgan uzugini olib, voqea joyidan yashirinadilar.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Pastdarg‘om tumani O‘tarchi mahallasida yashovchilar I.U., Z.N. J.X., A.J. va S.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring