Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahbuslar qamoqdan qochdi va Toshkentda bosqinchilik qildi. Ular o‘ta xavfli retsidevist deb topildi (video)

Mahbuslar qamoqdan qochdi va Toshkentda bosqinchilik qildi. Ular o‘ta xavfli retsidevist deb topildi (video)

Videolavhadan skrinshot.

Poytaxtimizda yashovchi fuqarolarning mol-mulkiga niqoblangan shaxslar hujum qildi. Bosqinchilar jabrlanuvchilarning uylariga tomdan oshib tushib, ularga nisbatan zo‘rlik ishlatib, og‘zilarini skotchlab, qo‘l oyoqlarini bog‘lab, o‘g‘irlik sodir etishadi va voqea joyidan qochib ketishadi.

«Zamon» informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, oradan ko‘p o‘tmay, jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ushbu jinoyatni Olmaliq shahridagi jazoni o‘tash muassasasidan qochib ketgan to‘rt nafar mahbus sodir etganlikda ayblanib sudlangan. Qayd etilishicha, muqaddam qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik sodir etish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib qamalgan shaxslar jazoni o‘tash muassasasidan qochib, yana og‘ir jinoyatlar sodir etishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi hukmi bilan ular o‘ta xavfli retsidevistlar deb topildi va ularga 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring