Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mansab suiiste’mol qilindi

Mansab suiiste’mol qilindi

Foto: «Banki.ru»

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, fuqaro N.M. tumandagi uchta suv iste’molchilari uyushmalarida ma’lum muddat hisobchi vazifasida ishlab kelgan holda mansab vakolatini suiiste’mol qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

U aslida korxonada ishlamagan jami 6 nafar shaxslarning mehnati to‘g‘risida soxta tabellar tuzib, shu asosda ularga ish haqi to‘lab borib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan 47,3 mln. so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring