Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mansabdor pora bilan ushlandi

Mansabdor pora bilan ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati ta’lim tizimi mas’ullaridan birining noqonuniy harakati fosh etildi.

Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tergov jarayonida uni Jinoyat Kodeksining 167, 209 va 243-moddalarida nazarda tutilgan boshqa noqonuniy harakatlari ham fosh qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring