Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB farzandni onasiga qaytardi

MIB farzandni onasiga qaytardi

Foto: «Xabar.uz»

Avvaldan aytib qo‘yaylik: go‘dak nima sababdan onadan olib qo‘yilgandi, deya savol bermang. Javob ochiq qoladi baribir, negaki, bu shaxsiy hayot, bilib-bilmay aralashishga qonun ham izn bermaydi.

Biroq fakt shuki, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 18.06.2019 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaro J.J.dan Sh.B.ga (ayol kishi) 2014 yilda tug‘ilgan qizalog‘ini olib berish kerak, vassalom.

Bilasiz, Majburiy ijro byurosida sud hujjatlari muhokama qilinmaydi. Aksincha, so‘zsiz ijro etilishi lozim.

Qisqasi, MIBning Jondor tuman bo‘limi xodimlari ishga kirishdilar.

MIB xodimlari J.J.ning yashash manzilini ko‘zdan kechirganda u yerda voyaga yetmagan qizaloq borligi aniqlandi. Va go‘dak ona qaramog‘iga olib berildi.

Bu gaplar aytishga oson, yozishga oson... O‘x, bunaqa sud hujjatini ijro etish oson deysizmi?! Oddiy kommunal to‘lovlar yoinki mulk bilan bog‘liq undiruvlarni amalga oshirish chog‘ida MIB xodimlari qanday balolarga duch kelmoqda.

Farzandni olib berishdagi mashmashalarni-ku aytmang.

...Xullas, sud hujjati ijro etildi. Muhimi shu.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring