Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Notariat tizimida jiddiy islohot: bizni qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Notariat tizimida jiddiy islohot: bizni qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Foto: Zib.com.ua

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, tizim jiddiy isloh etiladi. O‘zgarishlarning ilk belgisi - 2020 yil 1 yanvardan davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralari etib qayta tashkil etilishida ko‘rinadi. Davlat notarial idoralarini nodavlat notarial idoralari etib qayta tashkil etish adliya organlarida nodavlat notarial idoralarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek faoliyat yuritayotgan notariuslarga ularning arizalariga asosan notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish orqali amalga oshiriladi.

Tegishli notarial okrugda qonun hujjatlariga muvofiq yetarli miqdordagi nodavlat notarial idoralari tashkil etilguniga qadar davlat notarial idoralari o‘z faoliyatini davom ettiradi. Nodavlat notarial idoralari notijorat tashkiloti ko‘rinishidagi muassasa hisoblanadi.

Bundan tashqari, loyihada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining barcha notarial idoralari notariuslarining majburiy a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullash ham nazarda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

notarial idoralari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish;

nizolarni oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini, ularning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish;

yagona notarial amaliyotni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, notarial idoralari faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;

aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;

notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

notariuslar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalariga va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga taklif kiritish.

Yaqin qarindoshlar o‘rtasida transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma bekor qilinishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

Loyihaning eng muhim nuqtalaridan yana biri haqida avalroq xabar berib o‘tilgan edi. Unga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar o‘rtasida transport vositasidan foydalanishda notarial tasdiqlanishi shart bo‘lgan ishonchnomaning bekor qilinishi aytilgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring