Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurxon Nafasov Bosh prokurordan yordam so‘radi

Nurxon Nafasov Bosh prokurordan yordam so‘radi

O‘zbekiston karate federatsiyasining sobiq rahbari Nurxon Nafasov poytaxtda sayyor qabul o‘tkazgan Bosh prokuror Otabek Murodov bilan uchrashib, o‘ziga nisbatan qasddan ayb uyushtirilgani, lavozimi kerak bo‘lgani uchun uni qator muammolarga duchor qilishganini ma’lum qilib, nohaq ayblovlarni fosh etishda undan yordam so‘radi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuror masalani o‘z nazoratiga olishini, ishga aloqador barcha holatlar tekshirilib, huquqiy baho berilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvarida Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) rasmiy saytida Karate federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovning jinoyatlari to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot berilgani va tergov jarayonida ushbu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topib, N.Nafasovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ish ochilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

So‘ng bu xabarga Bosh prokuratura rasman raddiya berib, Nurxon Nafasov hech qanaqa jinoyat ishida figurant emasligini bildirgan, shu bilan birga, MOQga aybsizlik prezumpsiyasi haqida eslatgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring