Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odamlar o‘limida o‘zini aybdor sanayotgan Kallixanova. Tajimuratovga aldangan aybdorlar. O‘zini yomon his qilgan Tajimuratov

Odamlar o‘limida o‘zini aybdor sanayotgan Kallixanova. Tajimuratovga aldangan aybdorlar. O‘zini yomon his qilgan Tajimuratov

Joriy yilning 28-noyabr kuni Buxoro viloyat sudida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari boshlangan edi.

Ochiq sud jarayonlarining birinchi kunida Dao‘letmurat Djiyemuratov o‘zining iltimosnomalari bilan chiqqan bo‘lsa, ikkinchi kuni, ya’ni 29-noyabrda o‘z safidagi sudlanuvchilarning o‘ziga qarshi noroziliklariga uchradi.

Buxoro viloyati sudi axborot xizmati rahbari Nurbek Ahmedovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Chimboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi vazifasida ishlagan Axmet Smetullayev sud tergovi davomida so‘roq qilinganida Dao‘letmurat Djiyemuratovning «Men prezident bo‘laman», degan va’dalariga ishongani va unga aldangani, o‘z aybiga iqrorligini ma’lum qilib, o‘z xatti-harakatlaridan pushaymon ekanini bildirgan.

Xuddi shuningdek, sudlanuvchi  Lolagul Kallixanova ham o‘z ko‘rsatmalarida  Dao‘letmurat Djiyemuratovga qarshi o‘z noroziligini bildirgan.

«Dao‘letmurat Djiyemuratovning Nukus shahrida miting o‘tkazish haqida Jo‘qorg‘i Kenges raisi nomiga ariza qoldirganligi haqidagi xabariga aldanganimni tan olaman. Uning so‘zlariga ishondim. O‘z xatti-harakatlarim bilan aholining bunchalik darajada ko‘tarilib ketishini bilmagan edim», — degan Lolagul Kallixanova o‘z ko‘rsatmasida.

U bu qilmishlari oqibatida odamlar vafot etgani, ularning o‘limida esa o‘zini ham aybdor deb bilishini, shu sababli o‘zini kechirmasligini, o‘ziga qo‘yilgan barcha  ayblovlarni to‘liq tan olishini bildirgan. 

Shuningdek, sud jarayonlarining ikkinchi kunida sudlanuvchilar Baxtiyar Kadirbergenov, Seydabulla Medetov, Saiipnazar Kaipov, Polat Shamshetov ham ko‘rsatma berishgan.

«Sud jarayonlarining uchinchi kunida ham sudlanuvchilarning deyarli barchasi iyul boshida bo‘lgan voqealarda Dauletmurat Tajimuratov aybdorligini, u tarqatgan videomurojaatlar sabab odamlar ko‘chaga chiqishganini ta’kidlashdi. Bundan tashqari, Tajimuratovga ergashib, katta xatoga yo‘l qo‘yishganidan pushaymonliklarini bildirishib,  xalqdan va prezidentdan kechirim so‘rashdi», — dedi viloyat sudi axborot xizmati rahbari «Xabar.uz»ga bergan intervyusida.

Sud jarayonlarining uchinchi kunida Dauletmurat Djiyemuratov, Nurlan Nayipov, Sultanbek Kaipov, Polat Nurniyazov, Arislan Temirxanov va Berdax Genjebayevlar ko‘rsatma berishgan.

«Sud jarayonlari davomida Dauletmurat Tajimuratov o‘zini yomon his qila boshladi. Ikki marotaba burni qonashi oqibatida holsizlandi. Shu bois sud ishida tanaffus e’lon qilindi. Sud jarayonlari davom etadi», — dedi Nurbek Ahmedov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring