Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy sud rahbariyati Toshkent viloyatida sayyor qabullar tashkil etdi

Oliy sud rahbariyati Toshkent viloyatida sayyor qabullar tashkil etdi

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

11 fevral kuni Oliy sud rahbariyati va sudyalarining Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullari tashkil etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Sayyor qabullarda jami 330 dan ortiq yozma va og‘zaki murojaat o‘rganib chiqilgan. Ana shu murojaatlar bo‘yicha 312 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 31 ta murojaat yuzasidan Oliy sudda ko‘rib chiqish uchun ariza qabul qilingan.

Eng ko‘p murojaat Yangiyo‘l tumani va Olmaliq shahri fuqarolaridan kelib tushgan. Yangiyo‘l tumanida 40 ga yaqin, Olmaliq shahridan 11 ta yozma, 19 ta og‘zaki murojaat bo‘lgan.

Endilikda sudlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida sayyor sud majlislari, har oyda kamida bir marta aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Misol uchun, respublika sudlari tomonidan o‘tgan yili 565 ming 645 ta yoki jami ko‘rilgan ishlarning 56 foizi sayyor sudlarda ko‘rilgan.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Oliy sud raisining o‘rinbosari Baxtiyor Isaqovning aytishicha, Oliy sud rahbariyati tomonidan bevosita idorada 8912 nafar, sayyor qabullarda esa 9226 nafar, jami 15 ming 117 nafar fuqarolar qabul qilinib, muammolarga yechim topilgan. Videokonferensiya aloqa tizimi orqali Oliy sud rahbariyati tomonidan 2018 yilda 625 nafar fuqaro qabul qilingan.

Avval Oliy sud rahbariyati qabullari oyda bir marta tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunda har kuni shaxsiy qabullar o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring