Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik ona 8 kunlik chaqalog‘ini sotayotganida ushlandi

Farg‘onalik ona 8 kunlik chaqalog‘ini sotayotganida ushlandi

Illyustrativ foto

Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari va tuman IIB bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi fuqaro D.B. o‘zining shaxsini yashirib, fuqaro M.ga tegishli pasport nusxasi bilan joriy yilning 26-yanvarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ruqxonaga joylashib, shu kuni qiz farzandli bo‘lib, 3 fevral kuni qiz farzandini fuqaro S.ga 3,5 mln. so‘mga sotib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda 3 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring