Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda notariuslarning 10 foizi talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda notariuslarning 10 foizi talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi har yarim yilda notariuslarning ish faoliyati sifatini baholash tizimini yo‘lga qo‘ydi.

Bundan ko‘zlangan maqsad tizimda xalqqa xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish, ular faoliyatidagi kamchilik va muammolarni tuzatish, xalol, shaffof va ochiq ishlaydigan kadrlar salohiyatini yanada yaxshilash hisoblanadi.

Notariuslarning 2018-yil II yarim yillik faoliyatini baholash maxsus avtomatlashtirilgan elektron dastur orqali amalga oshirilganligi e’tiborlidir.

Sifatni baholashda notarial harakatlar soni, notariusning xizmat faoliyatiga oid ma’lumotlar va uning faolligi «Notarius»  avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda amalga oshirildi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, baholash natijalari ko‘ra jami 635 nafar notariuslardan 21 nafari faoliyati «a’lo», 341 nafari faoliyati «yaxshi», 209 nafari faoliyati «qoniqarli» va 64 nafari faoliyati esa «talabga javob bermaydi» deb baholandi.

Baholash reytingida dastlabki 3 ta eng yuqori o‘rinni egallagan notariuslarning ikki nafari Toshkent shahrida va bir nafari esa Navoiy viloyatida ishlaydi:

1. Aziza Shuxratovna Shanazarova — Toshkent shahar, Mirobod tuman 9-son DNI notariusi — 91 ball (maksimal 100 balgacha);

2. Fozilxodja Xashimxodjayevich Nabiyev — Toshkent shahar, Olmazor tuman 11-son DNI notariusi — 90 ball;

3. Isayev Ikrom Eshmirzayevich — Navoiy viloyati, Nurota tuman DNI notariusi — 90 ball.

Reytingda faoliyat  yuritayotgan notariuslarning 10 foizi (64 nafari) «talabga javob bermaydi» deb baholangan. Ularning  38 nafari Andijon viloyatida, 8 nafari Qashqadaryoda, 6 nafari Farg‘onada, 4 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Samarqand, 2 nafardan Namangan, Xorazmda hamda1 nafari Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.  

Adliya vazirligi tomonidan ish faoliyati «a’lo» deb topilgan notariuslarni rag‘batlantirib borish va «talabga javob bermaydi» deb baholangan notariuslar faoliyatini yaxshilash choralarini ko‘rish tizimi yaratilgan.

Reytingning to‘liq ro‘yxati bilan  www.minjust.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. 

Hozirgi  kunda vazirlik tomonidan notariuslar faoliyatini bevosita  fuqarolar tomonidan notarial xizmatlarni olish vaqtida baholash tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring