Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning huquqlari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning huquqlari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

«Jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning huquqlari bu borada qonunchilikdagi so‘ngi yangiliklar». Ayni shu mavzuda Adliya vazirligi, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari hamkorlikda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan manzil koloniyasida mahkumlar bilan davra suhbati o‘tkazishdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Targ‘ibot tadbiri davomida mahkumlarga jazoni o‘tash muddati davomida mavjud huquqlari, so‘nggi 3 yil davomida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi o‘zgarishlar, jazo muddati tugagandan so‘ng ishga joylashish tartibi tushuntirildi.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Shuningdek, koloniyada jazoni o‘tovchi shaxslar bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Unda amnistiya, afv etish to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat qonunchiligida aks etgan mahkumlarning mehnatga doir huquq va majburiyatlari, pensiya va nafaqa olish bilan bog‘liq tartiblar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ularni qiziqtirgan hamda qiynayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan mahkumlarning so‘zlariga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish, kelgusida ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga ko‘mak beradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring