Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Plastik kartangizda pul kamayib qolmayaptimi?

Plastik kartangizda pul kamayib qolmayaptimi?

Foto:«Xabar.uz»

Xorazm viloyatidagi banklardan birida bir guruh mansabdor shaxslar mijozlarning plastik kartalaridagi pullarni o‘g‘rilagani aniqlandi. Bu haqida Xorazm viloyati IIB xodimi Z. Ismoilov xabar berib o‘tgan.

Bank plastik kartochkalarini zamonaviy iqtisodiyotning buyuk kashfiyotlaridan biri desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Naqd pulsiz hisoblashish imkoniyatini beruvchi ushbu kartochkalar nafaqat o‘zining qulayligi, shuning unda saqlanayotgan mablag‘ning ma’lum miqdorda oshishi (bank tomonidan belgilangan foiz hisobiga) bilan ham aholining ishonchini qozonib kelmoqda.

Afsuski, Yangiariq tumanidagi banklardan birida (tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmadi) o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida “qing‘ir ishning qiyig‘i” chiqib qoldi, ya’ni bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkalaridan 2 yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlab kelganliklari aniqlandi.

“Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” shiori ostida mamlakatimizda faoliyat olib borib, aholining ishonchini oqlab kelayotgan ko‘pgina banklardan birida uchragan ushbu qonunbuzarlik holatini “guruch orasidagi kurmak” deb baholash mumkin.

Mijoz ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring