Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda sudlanuvchi Yoshlar ittifoqi kafilligida sud zalidan ozod etildi

Qashqadaryoda sudlanuvchi Yoshlar ittifoqi kafilligida sud zalidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumiga asosan, Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi, «b» bandi bilan ayblangan Sunnat Shomurodovning jinoyat ishi bo‘yicha jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etdi.

Endigina 23 yoshga to‘lgan S.Shomurodov Qarshi tumanidan. U bir guruh tengdoshlari aldoviga uchib, qoramol o‘g‘irlash maqsadida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida S.Shomurodovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida jamoat himoyachisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Shomurod Sattorov tomonidan sudlanuvchi S.Shomurodovga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash, kelgusida ushbu fuqaroni kafillikka olish taklifi bildirildi va bu haqda kafolat xati taqdim qilindi.

Sud uning qilmishini o‘zi to‘la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni bekor qildi va sudlanuvchi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi.

– Katta xato qildim, – deydi S.Shomurodov. – Ota-onam va yaqinlarimni yuzini yerga qaratdim. Lekin, yana bir bor menga imkoniyat berildi. Va’da beraman, kelajakda yurtimga nafi tegadigan inson bo‘laman.

Ahror Sodiqov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring