Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qidiruvdagi shaxs Orol dengizi bo‘yidan topildi

Qidiruvdagi shaxs Orol dengizi bo‘yidan topildi

Bu shaxs artemiya sistasini yig‘ib yurgan edi.

Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor T.F.dan voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga aliment undirish belgilangan.

Qarzdor aliment pullarini to‘lashdan qochib yurganligi sababli  unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan 2023 yil 2 avgustkuni qidiruv e’lon qilingan.

Qarzdor T.F.ning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi hozirda 18,2 mln. so‘mni tashkil etgan.

Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan ma’lumotlarni to‘plash tadbirlari davomida qarzdor T.F Muynoq tumani, Orol dengizi bo‘yi hududlarida ishlab yurganligi aniqlangan.

Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan birgalikda amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qidiruvda bo‘lgan qarzdor T.F. Orol dengizi bo‘yida artemiya sistasini yig‘ish bilan shug‘ullanib yurganida topilgan.

Shu munosabat bilan, qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudiga yuborilgan va ushbu sud tomonidan qarzdor T.F.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring