Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qoraqo‘ton» oltin konidan sof oltin olganlar ushlandi

«Qoraqo‘ton» oltin konidan sof oltin olganlar ushlandi

Oltin koni hududidan noqonuniy ravishda qazib olib, yashash manzilida qayta ishlash orqali sof oltin quymalari shakliga keltirgan shaxslar qo‘lga olindi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Paxtachi tumanida yashovchi G‘.Sh. va K.I.lar tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarini «Qoraqo‘ton» oltin koni hududidan noqonuniy ravishda qazib olib, yashash manzilida qayta ishlash orqali sof oltin quymalari shakliga keltirgan holda mahalliy fuqaroga 145 grammini 205 mln. so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olinib, protsessual tartibda hujjatlashtirildi.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring