Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab, avtomobil va 50 bosh qo‘y talab qilishdi

Rossiyada o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab, avtomobil va 50 bosh qo‘y talab qilishdi

Foto: «Uza.uz»

Rossiyaning Irkutsk shahrida o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketib, uni ozod etish evaziga narxi 2,4 million rubl bo‘lgan avtomobil va 50 ta qo‘y talab qilishdi.

Sputniknews Irkutsk viloyati prokuraturasi ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, O‘zbekiston fuqarosi fermer xo‘jaligini yuritish maqsadida Irkutsk viloyatida ma’suliyati cheklangan jamiyat tashkil etadi. U 45 yashar Irkutskda yashovchi Rossiya fuqarosini tashkilotning ijro etuvchi direktori etib tayinlaydi.

Og‘zaki kelishuv bilan belgilangan ish haqini 4 barobar kam olgan ijro etuvchi direktor o‘z tanishlaridan o‘zbekistonlikni ushlab, u bilan hisob-kitob qilib olishga yordam berishlarini so‘raydi.

Ular jabrlanuvchi bilan kafeda uchrashadilar va unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, sog‘ligiga yengil zarar yetkazishadi. Bundan tashqari, jinoyatchilar o‘zbekistonlikka pichoq va pistolet bilan tahdid qilib, ijro etuvchi direktorga o‘zining avtomobili va fermadagi 50 ta qo‘yni berishlarini talab qilashadi.

Yosh yigitlar o‘zbekistonlikni majburan mashinaga o‘tqazib, uning uyiga borishadi. Jabrlanuvchining uyidan mashina hujjatlarini olib ketishadi. Shundan so‘ng o‘z maqsadlariga erishgan jinoyatchilar o‘zbekistonlikni qo‘yib yuborishadi.

Hozirda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etgan shaxslar ustidan tergov harakatlari yakunlanib, jinoiy ish sudga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring