Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda kollej qorovuli o‘smir bolani o‘roq bilan urib o‘ldirdi

Sirdaryoda kollej qorovuli o‘smir bolani o‘roq bilan urib o‘ldirdi

Foto: Google.com

Sirdaryo viloyatiga oid yangiliklarni yoritadigan «Sirdaryo xabarlari» kanalida «Xabar berishlaricha, viloyatimiz kollejlaridan birida o‘smir yoshidagi bola janjal ortidan og‘ir tan jarohati olib vafot etibdi...» xabari berilgan edi. Ushbu xabarga Sirdaryo viloyat IIB matbuot xizmati tomonidan rasmiy munosabat bildirilib, hodisa tafsilotlari taqdim etildi.

2019 yil 6 sentyabr kuni Sirdaryo tumani, Ziyokor MFY xududida joylashgan Sirdaryo tibbiyot kollejida, ushbu kollejda qorovul bo‘lib ishlaydigan X.A, tanishlarini oldiga kelgan voyaga yetmagan K.R. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib, qo‘lidagi o‘roq bilan K.R.ni ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada K.R. olgan tan jarohati natijasida Sirdaryo tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan jarrohlik amaliyotiga qaramasdan vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring