Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda «qarzdor» MIB xodimini belkurak bilan qarshi oldi

Sirdaryoda «qarzdor» MIB xodimini belkurak bilan qarshi oldi

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Sirdaryo shahri, «Paxtakor» mahallasida yashovchi fuqaro A.Q.ning xonadonida iste’mol qilingan elektr energiyasidan 555 500 so‘m miqdorida qarzdorligi bo‘lgani bois, 2019-yil 30-martda qarzdorlikni bartaraf qilishi haqida talabnoma berilgan.

O‘zAning xabar berishicha, fuqaro tomonidan yuqoridagi qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmagach, davlat inspektori M.K. xonadonni elektr tarmog‘idan uzmoqchi bo‘ladi. Shunda A.Q. davlat inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, uni bo‘yin sohasidan ushlab bo‘g‘ib, yerga yiqitib, jag‘ sohasiga ikki marta musht tushirgan. Bundan tashqari, davlat inspektori fuqaro A.Q.dan qochib ketayotganida, orqasidan quvib, belkurak bilan M.K.ning qo‘liga tan jarohati yetkazgan.

Birozdan so‘ng davlat inspektori M.K. xonadonga qaytib kelib, voqea joyida sochilib ketgan hujjatlarni olmoqchi bo‘lganida, fuqaro A.Q. maxsus raqamlangan tarmoqdan uzish dalolatnomasiga shikast yetkazib, berilgan talabnomani yirtib tashlagan.

Ushbu holat yuzasidan Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring