Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soxta ma’lumotga ishongan shaxs 35 500 AQSh dollaridan ayrildi

Soxta ma’lumotga ishongan shaxs 35 500 AQSh dollaridan ayrildi

2019-yil 17-yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tuman IIBga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 2018-yil 18-may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Hamza ko‘chasida yashovchi U.Z. ismli fuqaro Yashnobod tumanida yashovchi R.X. ismli shaxsga biznes bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, keyinroq u R.X.ga «Samira Ziyo Nur» MChJ ta’sischilari tarkibiga kiritilganligi haqidagi qalbaki ma’lumotnomani ko‘rsatish orqali undan 35 500 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.Z. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring