Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda firibgar o‘zganing do‘konini 40 ming dollarga pullab yubordi

Toshkentda firibgar o‘zganing do‘konini 40 ming dollarga pullab yubordi

Foto: «Progomel.by»

Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lmagan do‘konni sotib, aldov yo‘li bilan fuqaroni chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, 2018-yil oktyabr oyida Uchtepa tumanida yashovchi V.X. Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida fuqaro S.Q.ga o‘ziga tegishli bo‘lmagan «Chilonzor buyum savdo kompleksi»da joylashgan do‘konni sotishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 40 000 dollar olib ketganligi haqida arz qiladi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, firibgar qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring