Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tourist Police» afg‘on kurashchining telefoni va braziliyalikning 2500 dollar pulini topib berdi

«Tourist Police» afg‘on kurashchining telefoni va braziliyalikning 2500 dollar pulini topib berdi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatida joriy yilning 5-6 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Al Hakim At-Termiziy» xotirasiga bag‘ishlangan sportning kurash turi bo‘yicha xalqaro turnirda Surxondaryo viloyatiga jami 46 ta davlatdan 200 nafardan ortiq chet ellik sportchi va mehmonlar tashrif buyurishdi.

Xalqaro turnirga tashrif buyurgan chet ellik sportchi va hakamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlariga Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan tadbir davomida jamoat tartibini saqlash, mehmonlar xavfsizligini ta’minlash ishlari namunali tarzda olib borildi.

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan turistik namoyishi ob’yektlarida turistlar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida 4 ta «TOURIST POLICE» ko‘chma ma’lumotlar markazi joylashtirilib, ularga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Xorijiy mehmonlar ehtiyotsizligi oqibatida shaxsiy buyumlarini yo‘qotib qo‘yganligi bo‘yicha Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga qilgan murojaatlari zudlik bilan o‘rganilib, yo‘qotilgan narsa va buyumlar o‘z egalariga qaytarildi.

Misol uchun, joriy yilning 5 oktyabr kuni Afg‘oniston Respublikasi fuqarosi 1991 yilda tug‘ilgan Mubariz Suhrob uyali telefonini yo‘qotib qo‘yganligi bo‘yicha qilgan murojaati yuzasidan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan uning uyali telefon apparati topib berildi.

Bundan tashqari, 6 oktyabr kuni Braziliya fuqarosi 1975 yilda tug‘ilgan Paulo Katsuragi o‘zining sumkasi va uning ichida bo‘lgan fuqarolik pasporti, 2500 AQSh dollari, 300 YeVRO pul buyumlarini ehtiyotsizligi oqibatida yo‘qotib qo‘yganligi bo‘yicha qilgan murojaati, shuningdek, shu kuni Afg‘oniston Respublikasidan tashrif buyurgan hakam Ahmad Yamasamak xakamlik sertifakatini yo‘qotib qo‘yganligi bo‘yicha qilgan murojaatlar yuzasidan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Paulo Katsuragining fuqarolik pasporti, 2500 AQSh dollari, 300 YeVRO pul buyumlari to‘liqligicha hamda hakam Ahmad Yamasamakning hakamlik sertifakatlari yo‘qotilgan joyida aniqlanib, o‘z egalariga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar tizimi xodimlarining tezkorligi hamda o‘zining xizmatiga masu’liyat bilan yondoshganligidan xorijlik mehmonlar o‘zlarining minnatdorchiligini bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring