Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Universitetga 4 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Universitetga 4 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. fuqaro S.E.ning jiyanini tanishlari orqali Termiz davlat universitetining Iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan E.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qonunchilikka ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, ammo bunday jinoyatlar haqida qonunda belgilangan (30 kun) muddat ichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shu sababli, Siz yuqoridagi kabi turli noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritishga va’da berib, ta’magirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga duch kelsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring