Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xabar.uz» - «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi sayt»

«Xabar.uz» - «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi sayt»

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan «Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi» tanlovi tashkil etilgan edi. Tanlovga ikki oy davomida 170dan ortiq materiallar kelib tushgan. Tanlov nizomiga muvofiq hakamlar hay’ati ushbu materiallarni o‘rganib chiqib, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘nta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlagan edi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi bugun o‘tkazildi.

Marosimda Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov g‘oliblarni muborakbod etdi va maxsus diplom, «Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi» stauetkasi, nishoni hamda tanlov homiylarining sovg‘alarini topshirdi.

Foto: «Xabar.uz»

Eslatib o‘tamiz:

1. «Huquqiy targ‘ibotdagi fidoiyligi uchun» nominatsiyasi bo‘yicha:

Toshkent davlat yuridik universiteti professori Feruza Abdurashidovna Muhiddinova;

2. «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis» nominatsiyasi bo‘yicha: 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparatining yuridik bo‘limi mudiri o‘rinbosari Xushnudbek G‘ayratovich Xudoyberdiyev;

3. «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalist» nominatsiyasi bo‘yicha:

«Inson va qonun» gazetasi adabiy muharriri, jurnalist Dilfuza Rustamovna Ergasheva;

4. «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi OAV» nominatsiyasi bo‘yicha:

«O‘zbekiston 24» telekanali;

5. «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi bloger» nominatsiyasi bo‘yicha:

karikaturachi-rassom Bahrom Qosimjonovich Kalonov;

6. «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi sayt» nominatsiyasi bo‘yicha:

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali;

7. «Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaxshi innovatsion loyiha» nominatsiyasi bo‘yicha:

«Troll.uz» nomi bilan mashhur bloger Umid Ilhomovich Gafurov;

8. «Mahallada huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi faolligi uchun» nominatsiyasi bo‘yicha:

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining katta mutaxassisi Farhod Baxodirovich Ibragimov;

9. «Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaqin hamkor» nominatsiyasi bo‘yicha:

«UzReport» telekanali;

10. «Eng yosh huquq targ‘ibotchisi» nominatsiyasi bo‘yicha:

Farg‘ona viloyati yuridik kolleji bitiruvchisi Yuriy Aleksandrovich Rubsov g‘olib bo‘lgan edi.

Mazkur tanlovda saytimizga ham «Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi sayt» nominatsiyasi bo‘yicha mukofot topshirildi. E’tirof va e’tibor uchun tanlov hay’ati a’zolari hamda eng yaqin hamkorimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga alohida minnatdorlik bildiramiz va bundan keyin hamkorligimiz yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring