Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xuddi kinolardagidek. Toshkentlik fuqaro 58 millionni o‘marish uchun bosqinchilik «sahnalashtirdi»

Xuddi kinolardagidek. Toshkentlik fuqaro 58 millionni o‘marish uchun bosqinchilik «sahnalashtirdi»

27-avgust kuni fuqarolardan biri 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bosqinchilik oqibatida uning yonida bo‘lgan 58 million so‘m puli o‘g‘irlab ketilganligi haqida xabar beradi.

Unda Uchtepa tumani Istirohat ko‘chasida 25 yoshli U.Javohir shu kuni «Labo» rusumidagi xizmat mashinasida buyurtmachi oldidan katta pul bilan qaytib kelayotgan vaqtida «Matiz» rusumidagi mashina uning yo‘lini to‘sib to‘xtatgani va ichidan ikki nafar noma’lum shaxs tushib, unga hujum qilgan, pichoq bilan po‘pisa qilib, yonidagi 58 million so‘m pulini olib noma’lum tomonga qochib ketishgani aytiladi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida aslida shu kuni hech qanday bosqinchilik jinoyati sodir etilmaganligi aniqlandi.

Qarindoshiga tegishli xususiy korxonada haydovchi bo‘lib ishlovchi Javohir buyurtmachidan olgan 58 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini shunchaki o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lgan. Pullarni do‘stining uyiga yashirib qo‘ygach, bosqinchilik bilan bog‘liq voqeani to‘qib chiqargan. Barchasi haqiqatga yaqin bo‘lishi uchun, hatto o‘zini-o‘zi jarohatlagan. Ammo uning rejasi amalga oshmadi.

Endi Javohir yolg‘onchiligi uchun qonun oldida javob beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring