Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyerdagi qing‘ir ishning qiyig‘i bir yarim yil deganda chiqdi

Yangiyerdagi qing‘ir ishning qiyig‘i bir yarim yil deganda chiqdi

2017 yil 23 iyul kuni bir nechta noma’lum shaxs Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi A.X.ning uyiga bostirib kirib, uning turmush o‘rtog‘i S.A. va 13 yoshli qizi Ya.M.larning og‘iz va qo‘llarini bog‘lab, 350 mln. so‘m pullarni polietilen sumkalarga joylab ketishgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Bosqinchilar pulni olib chiqib ketish vaqtida uyga yaqin joyda tarvuz sotayotgan A.X.ning akasi U.X. noma’lum shaxslarni ko‘rib qoladi. U.X. ularni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, uni urib, tan jarohat yetkazib, 35 504 000 so‘m pul bo‘lgan sumkani tashlab, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni avvalgi sodir etgan jinoyati uchun ushlangan, vaqtincha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi S.J. bilan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, S.J. bosqinchilik jinoyatini jinoiy sheriklari J.A., J.E., Sh.S. hamda A.I.lar bilan birga sodir etganliklari aniqlandi va ular ushlandilar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring