Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zabaykalyeda o‘zbeklarni qanday o‘ldirishgan edi?

Zabaykalyeda o‘zbeklarni qanday o‘ldirishgan edi?

Foto: «Chita.Ru»

Rossiyaning Zabaykalye hududida O‘zbekistonning ikki fuqarosi qanday o‘ldirilgani tergov tomonidan aniqlandi.

O‘zbekistonliklar 2017 yilda ikki bolani zo‘rlashda ayblangan edi. Ammo politsiya tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ularning aybi isbotlanmagan. Shundan so‘ng Nerchinsk rayonidagi qishloq aholisi «samosud» uyushtirishga qaror qilishadi va mahalliy jinoyatchilar to‘dasiga murojaat qilishadi.

Fojea 2017 yilning oktyabr oyida ro‘y bergan.

O‘zbekistonliklar avtomobil yukxonasida o‘rmonga olib kelinadi. U yerda ota-onalar jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bolalari bilan kutib turgan edi. Mehnat muhojirlari jinoyatni amalga oshirganlariga iqror bo‘lishadi va kechirim so‘rashadi.

Shundan keyin qishloq ahli ularni do‘pposlay boshlagan. So‘ngra mashinalariga o‘tirib, ketishgan. O‘zbekistonliklar esa ayni vaqtda sud qilinayotgan ikki ayblanuvchidan biri tomonidan otib tashlangani aytilmoqda.

— Biz ularni mashina yukxonasida Nerchinsk rayoniga olib bordik. U yerda bizni bolalarning ota-onasi kutib turgan edi. Hammamiz birga o‘rmon tomon yo‘l oldik.

O‘zbeklar men bilan suhbatda jinoyat qilganlarini tan olgan edi. Men ularga shunchaki bolalarning ota-onasidan kechirim so‘rashlarini aytdim.

Ular o‘zbeklarni do‘pposlashdi, tepishdi va mashinalariga o‘tirib, jo‘nab ketishdi. Men esa: bo‘ldi, shuning o‘zi yetarli, deb o‘ylagan edim. Ammo kutilmaganda orqadan: «Chetroq tur», degan ovoz eshitildi. Keyin o‘q ovozlari eshitildi.

U (ayblanuvchilardan biri) ularni karabinda otib tashladi, — deydi sud qilinayotgan ayblanuvchilardan biri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring