Bugungi natijalar: kimda imkoniyat qanday?

Bugungi natijalar: kimda imkoniyat qanday?

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Tanlovning ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kunlik natijalar ma’lum qilib borilmoqda. 2018-yilning 12-yanvari soat 17:00 gacha bo‘lgan natijalar yuqoridagi infografikada aks etgan. 

Kezi kelganda tanlovimiz ishtirokchilariga bir narsani eslatib qo‘ymoqchimiz. Tanlovning «Twitter» va «Instagram»da o‘tkazilayotgan 2- va 5-yo‘nalishlarida ba’zi ishtirokchilar tomonidan g‘irromliklar kuzatilmoqda. Tanlovni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom talablariga ko‘ra, maxsus dasturlar, botlar, spamlardan yordamida yig‘ilgan «retvit» va «layk»lar hisobga olinmaydi. Shu paytgacha mutaxassislarimiz tomonidan ana shunday g‘irromlik ishlatgan bir qancha ishtirokchilar aniqlandi va ular tanlov yakuniga qadar qancha yuqori natija ko‘rsatmasin, hisobga olinmaydi.

Shu bois o‘quvchilarimizdan halol bo‘lishni, tanlovda ham halol ishtirok etishni so‘rab qolamiz. Bundan tashqari, tanlov shartlariga ham qat’iy rioya etishlari lozim. Aks g‘holda ishtiroklari hisobga olinmaydi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, tanlovning 2-yo‘nalishi g‘olibi 15-yanvar kuni soat 15 00 da, 5-yo‘nalishi g‘olibi 15-yanvar kuni soat 18:00 da, qolgan yo‘nalishlarning g‘oliblari esa 18-yanvar kuni soat 18:00 da e’lon qilinadi.

Xabarlarimizni kuzatib boring!