Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mening fikrim» jamoviy murojaatlar portali qanday ishlaydi?

«Mening fikrim» jamoviy murojaatlar portali qanday ishlaydi?

Foto: Kamola Ahmadjonova 

O‘zbekiston Prezidenti 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida Oliy Majlis rahbariyati qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilish, buning uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jumladan, Internet tarmog‘ida maxsus «maydon»lar yaratishi zarurligini, shu munosabat bilan mamlakatimiz fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari uchun Internet tarmog‘ida «Mening fikrim» deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda meningfikrim.uz portali ishlab chiqilib, u 2018-yilning 20-aprelidan ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda jamoaviy murojaat foydalanuvchilar tomonidan 4 bosqichda yuboriladi:

— Avtorizatsiya va murojaatni yaratish;

— Ekspertiza va murojaatni joylash;

— Murojaatga ovoz berish;

— Murojaatni ko‘rib chiqish.

Kamola Ahmadjonova meningfikrim.uz jamoviy murojaatlar portali qanday ishlashini infografika ko‘rinishida aks ettirdi. 

 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring