Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi davlatlarda krandan suv ichish mumkin? (infografika)

Qaysi davlatlarda krandan suv ichish mumkin? (infografika)

Foto: «Poland2day.com»

Suv — hayot manbai, biroq hammayoqda ham, har qanday suvni ham ichib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda dunyoning 187 ta mamlakatida krandan oqayotgan suyuqlikni ichish mutlaqo man etiladi. Qiziq, aynan qaysi davlatlarda suvni, yaxshisi, sotib olib ichgan ma’qul? Qaysilarida esa vodoprovod suvini ham ichish mumkin? Quyida shular haqida bilib olasiz.

Germaniyada vodoprovod suvi

Germaniyada, ehtimol, hech nimani suvchalik yaxshi nazorat qilishmasa kerak. Uning sifati ichimlik suvi haqidagi davlat reglamenti tomonidan tartibga solinadi. Barcha nasos stansiyalari uning talabiga mos kelishi shart. Bu nimani anglatadi? Oqar suvda yot jism va sog‘liq uchun xavfli konsentratsiyalarda patogen mikroorganizmlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. U toza va iste’molga yaroqli bo‘lishi zarur.

Bir necha yil muqaddam Germaniya axborot instituti Stiftung Warentest iste’molchilari uchun 28 ta nemis shahri, jumladan, Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurt va Shtutgart kabi megapolislarning vodoprovod suvlaridan namuna olib, tatqiq etishdi va uni ichishga yashil chiroq ko‘rsatishdi.

Bunday qat’iy qoidalar hamma davlatlarda ham mavjud emas. Shu bois xorijga sayohatga chiqqanda krandagi suvni ichishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring — negaki u har doim ham xavfsiz emas. Ko‘pgina vaziyatlarda do‘kondan suv xarid qilib ichgan ma’qul.

Krandagi suvni qayerda ichish mumkin va mumkin emas?

AQSh sog‘liqni saqlash vazirligi «Kasalliklar profilaktikasi va nazorat qilish markazi» federal agentligi ma’lumotlariga asoslangan infografika ushbu holatni yaqqol tasvirlab berdi.

Agentlik tavsiyalariga ko‘ra, 187 ta davlatda sayyohlar suvni, yaxshisi, qadoqlangan shishalarda xarid qilgani ma’qul. Bu har doim ham mazkur mamlakatlarda suv xavfli yoki o‘ta iflosligini anglatmaydi. Ko‘p hollarda bu suv tarkibining turli noxushliklarni keltirib chiqarishi bilan bog‘liq.

Vodoprovod suvini hech bir istisnosiz ichishga ruxsat etiladigan mamlakatlar:

  • Grenlandiya
  • Angliya
  • Finlyandiya
  • Islandiya
  • Kanada
  • AQSh
  • Ispaniya
  • Polsha
  • Yaponiya
  • Italiya
  • Singapur
  • Avstraliya
  • Chili
  • Germaniya.

Quyidagi mamlakatlarda krandagi suvni ichishdan saqlanish tavsiya etiladi:

  • Ukraina
  • Qozog‘iston
  • Rossiya
  • Turkiya
  • Marokash
  • Chad
  • JAR
  • Hindiston
  • Xitoy
  • Indoneziya
  • Argentina
  • Braziliya
  • Meksika.

DUNYO «ICHIMLIK SUVI» XARITASI

Vodoprovod suvini ichish mumkin

Vodoprovod suvini ichish mumkinmas

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring