Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanlovimizda kim qanday natija ko‘rsatmoqda? (infografika)

Tanlovimizda kim qanday natija ko‘rsatmoqda? (infografika)

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi. Buni tahririyatimizga bo‘layotgan tinimsiz murojaatlar, qo‘ng‘iroqlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga yo‘llanayotgan savollardan ham bilish mumkin.

«Xabar.uz» — yangi loyiha. Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazayotgan ushbu tadbir esa bizning ilk tanlovimiz. Shu bois ish jarayonida ayrim kamchiliklar, tushunmovchiliklar bo‘lib turibdi. Bunday vaziyatda bizni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rab qolamiz. Zero, jarayon ushbu tanlovni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom talablari doirasida o‘tkazilmoqda, xodimlarimiz tanlovning adolatli va xolis o‘tishi uchun kechayu kunduz mehnat qilishayapti.

Tanlovning ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida bugundan e’tiboran barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kunlik natijalar ma’lum qilib boriladi. 2018-yilning 11-yanvari soat 17:00 gacha bo‘lgan natijalar yuqoridagi infografikada aks etgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring