Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyentlar bir vaqtda barcha ta’lim shaklini tanlashi mumkin bo‘ladi

Abituriyentlar bir vaqtda barcha ta’lim shaklini tanlashi mumkin bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

«2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida shu narsa ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

  • moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;
  • davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
  • abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyunidan 15 iyuliga qadar (15 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
  • bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15 iyunidan 5 iyuliga qadar (5 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Qaror loyihasi muhokamasi 2022 yil 1 iyungacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring