Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yilda 2 mlrd. dollarlik meva-sabzavot eksport qilish rejalashtirilgan

2018-yilda 2 mlrd. dollarlik meva-sabzavot eksport qilish rejalashtirilgan

Foto: «Uz24.uz»

Joriy yilda 2 mlrd. dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Respublikada 2016-2021-yillarga mo‘ljallangan meva-sabzovotni yetishtirish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, yaqin 5 yil davomida 285 ming gektar yer paxta va g‘alla maydonlari qisqarishi evaziga optimallashtirilgan. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish joriy yil oxirigacha 19.7 mln. tonnaga yetkaziladi. 2020-yilga kelib bu raqam 25 mln. tonnani tashkil etishi kutilyapti.

«2020-yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 25 mln. tonnani tashkil etishi, eksport hajmi esa 5 mlrd. dollargacha yetishi kutilmoqda», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring