Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilgi islohotlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?

2018-yilgi islohotlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?

Foto: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi joriy yilda amalga oshirilgan islohotlar yakunlarining tahlili hamda 2019-yil uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida fuqarolar o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovi tashkil etdi. Barcha xohlovchilar 2019.strategy.uz sayti orqali o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.

So‘rovnomada xorijda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun ham qo‘shimcha band kiritilgan. Ulardan mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar yuzasidan fikr va takliflarini bildirish so‘ralgan.

Yakunda fuqarolardan kelib tushgan barcha fikr va takliflar umumlashtirilib, kelgusi yil Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga taqdim etiladi.

So‘rovnoma 2018-yilning 5-noyabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring