Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida pastladi

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida pastladi

Foto: «Kapital.kz»

Britaniyaning «The Sunday Times» gazetasi Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi. «USM Holdings» asoschisi va rahbari Alisher Usmonov ushbu reytingda sakkizinchi pog‘onani band etdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, uning boyligi £10,556 mlrd ($14,294 mlrd)ni tashkil qildi. O‘tgan yilgi reytingda u beshinchi pog‘onada qayd etilgandi.

Reytingda birinchi o‘ringa «Ineos Group» asoschisi Jim Ratkliff ko‘tarildi. Uning boyligi £21,05 mlrd ($28,5 mlrd)ni tashkil etdi. O‘tgan yili u 18-o‘rinda edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring