Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amirliklar sutkasiga 5 million barrel neft qazib olmoqchi

Amirliklar sutkasiga 5 million barrel neft qazib olmoqchi

Foto: «Tradingpeek»

Birlashgan Arab Amirliklari 2030-yilga borib qazib olinadigan neft miqdorini sutkasiga 5 mln. barrelga yetkazmoqchi. Bu haqda Abu-Dabi voris shahzodasi shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon «Tvitter»dagi o‘z sahifasida yozdi.

Uning ma’lum qilishicha, «ADNOC» kompaniyasining neft qazib olishni ko‘paytirish va BAA ni gaz bilan ta’minlash bo‘yicha rejalari uchun 486 milliard dirham ajratilishini Oliy sud tasdiqlagan.

Solishtirish uchun: eng yirik neft eksportyorlaridan sanalgan Rossiya va Saudiya Arabistoni sutkasiga o‘rtacha 10 million barreldan neft qazib oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring