Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Behzod Musayev soliq imtiyozlari nima uchun bekor qilinganiga izoh berdi

Behzod Musayev soliq imtiyozlari nima uchun bekor qilinganiga izoh berdi

Foto: «O‘zA»

Xalqaro press-klub sessiyasida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayevning qayd etishicha, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun moliyaviy jazo qo‘llanilmaydi. Shu kabi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq bo‘lsa ana shunday imkoniyatga ega bo‘ladi.

O‘zA muxbirining xabar berishicha, endilikda Davlat soliq qo‘mitasi asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi.

— Bu o‘zgarishlar soliq yukini kamaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlardir. Daromad, mol-mulk solig‘i, sug‘urta badalining tushirilishini hisobga olish kerak. Shu yilning birinchi yarim yilligida 571 ming ish o‘rni yaratildi, desak bo‘ladi. Bu soliq tizimidagi islohotlar to‘g‘ri ekanini ko‘rsatyapti. Sog‘lom raqobat muhitini saqlash asl maqsadimiz edi. Imtiyozlar bekor qilinishi natijasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqariladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun ixtiyoriy murojaatlar bo‘lgani uchun shunday yo‘l tutildi. Yirik yer egalari yirik biznes ob’yektlariga kirib borishida zanjirlar uzilayotgani uchun ularning foydasini ko‘zlab shunday yo‘l tutildi. Bojxonadagi imtiyozlar ishlab chiqaruvchilarning bozorini sindirayotgan edi. Shu sababli bojxonadagi imtiyozlar ham bekor qilindi, degan Behzod Musayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring