Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona tizimidagi yangilanishlar tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratadi

Bojxona tizimidagi yangilanishlar tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratadi

Foto: «Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda qayd etildiki, 2018-yil 1-dekabrdan «sariq» va «qizil» yo‘laklar, 2019-yilning 1-martidan «yashil» va «ko‘k» yo‘laklar qo‘llangan holda «Xavfni boshqarish tizimi» to‘liq amaliyotga tatbiq etildi.  

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 1-fevraldan boshlab mamlakatimizda insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini beruvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etildi.

Vakolatli iqtisodiy operator – bu bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish uchun yuridik shaxslarga beriladigan maqom bo‘lib, «A» va «B» toifalarga bo‘linadi. Toifaga qarab maxsus soddalashtirilgan – alohida bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratini amalaga oshirish xususiyatlari qo‘llaniladi.

Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestri Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan va doimiy ravishda yangilab boriladi.

Shuningdek, anjumanda qo‘mita tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, imtiyozlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, chetdan mahsulot olib kirishda bojxona tizimidagi muammolar, eksport va import mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini belgilash tartibiga oid mavzular qizg‘in bahs-munozaraga sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring