Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir endi har oyda investorlar bilan shaxsan uchrashadi

Bosh vazir endi har oyda investorlar bilan shaxsan uchrashadi

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoniga ko‘ra, har oyda Bosh vazirning vazirlar, hokimlar, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda investorlar bilan shaxsan uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta’minlash maqsadida  Prezident huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etildi.

Ekspert kengashi tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlar kiritiladi.

2019-yil 1-iyunga qadar har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, investitsiya jalb etish uchun ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring