Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron tijorat orqali sotilgan 3 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar eksporti monitoringdan o‘tkazilmaydi

Elektron tijorat orqali sotilgan 3 ming dollargacha bo‘lgan tovarlar eksporti monitoringdan o‘tkazilmaydi

Foto: «focus.ua»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirliging «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq endilikda:

  • elektron tijorat orqali sotilgan qiymati uch ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) eksporti Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida monitoringdan o‘tkazilmaydi;
  • tijorat banklariga qo‘yilgan to‘lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talab, tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlariga tadbiq etilmaydi;
  • tovar va xizmatlarni internet-do‘kon va elektron savdo maydonchalari orqali sotuvchi shaxslar o‘z faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni ta’minlaydigan virtual terminallarni (E-POS) qo‘llagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring