Endilikda oylik maoshlar har 6 oyda oshiriladi

Endilikda oylik maoshlar har 6 oyda oshiriladi

Foto: «Asr.uz»

Bugun, 11-yanvar kuni Xalqaro press-klubda «Budjet-2018: xalq manfaatlari, aniq ko‘rsatkichlar va yangi yondashuvlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

Xalqaro press-klubda ishtirok etayotgan muxbirimizning xabar berishicha, 2018 yildan boshlab endi oylik ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori vaziyat taqozosiga ko‘ra lozim bo‘lsa har 6 oyda oshirib boriladi. Bu haqda Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qilgan.

Xalqaro press-klub sessiyasi davom etmoqda.