Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xorijiy investorga sotiladi
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4275, 10.04.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning ustav kapitalidagi «O‘zbekneftmahsulot» AJning 100 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berildi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi «PT Trans Asia Resources» (Indoneziya) xorijiy kompaniyasining investitsiyalarini jalb etgan holda modernizatsiya qilinadi.
«PT Trans Asia Resources» kompaniyasi zavodni modernizatsiya qilib, to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat konsorsium tashkil etiladi.
Keyinchalik zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida «PT Trans Asia Resources» kompaniyasiga sotiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter