Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Faxriy fuqaro» unvoni. U O‘zbekistonga 200 ming AQSh dollari kiritgan xorijliklarga beriladi

«Faxriy fuqaro» unvoni. U O‘zbekistonga 200 ming AQSh dollari kiritgan xorijliklarga beriladi

Foto: «offshorewealth.info»

Mamlakatda investitsion muhitni yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishda davlat siyosatining izchilligiga investorlarning ishonchini mustahkamlash maqsadida topshiriqqa asosan Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda investitsion muhitni tubdan yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini tayyorladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot berdi.

Loyihada investor va tadbirkorlik sub’yektlarini davlat organining noqonuniy ma’muriy aktlaridan himoyalash mexanizmlari o‘rnatilmoqda.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda qonuniylik va aniqlikni ta’minlash maqsadida, loyihada yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq holatlari belgilanmoqda.

Turar joy va ishlab chiqarish ob’yektlarini buzish faqat ko‘chmas mulkning bozor qiymati va mulkdorga yetkaziladigan zararning o‘rni qoplangandan keyin amalga oshirilishi qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilgan, xususan, yer uchastkalarini 50 yilgacha uzoq muddatli ijaraga berish tartibi joriy etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasiga kamida 200 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun yashash guvohnomasini va ko‘p martalik vizalarni olishning yangi mexanizmlari taklif etilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga «Faxriy fuqaro» unvonini berish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Investitsiyaviy faoliyat sohasida taklif etilayotgan yangi tartiblar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz va o‘z fikr va mulohazalaringizni taqdim etishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring