Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Go‘sht narxi 28 000 so‘mdan 41 000 so‘mgacha... Bozorlarimizdagi narx-navo

Go‘sht narxi 28 000 so‘mdan 41 000 so‘mgacha... Bozorlarimizdagi narx-navo

Foto: «Kun.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlarning o‘tgan haftadagi narxlarini e’lon qildi. 

Mol go‘shti — 28 000 so‘mdan 41 000 so‘mgacha

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 28 ming so‘mdan 41 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida: 1 kg. mol go‘shti 28000 – 41000 so‘m.

Respublikada 1 kg. mol go‘shti 30000 so‘mdan 41000 so‘mgacha sotilmoqda.

Qo‘y go‘shti — 28 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha

Eng qimmat narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 1 kg. qo‘y go‘shti 40000 so‘mdan 43000 so‘m.

Eng arzon narxlarni poytaxtning «Qo‘yliq», «Mirobod», «Chorsu», «Farhod» bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 39000 so‘m.

Tovuq go‘shti — 12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha

O‘tgan haftada mamlakatimiz bozorlarida tovuq go‘shtining biroz qimmatlashishi kuzatilgan.

Ayni paytda eng arzon tovuq go‘shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida sotilmoqda: uning narxi 13000 – 16000 so‘m.

Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy dehqon bozorida – 17000 – 20000 so‘m. Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 16000 so‘mdan sotilyapti.

Guruch — 4 200 so‘mdan 13 000 so‘mgacha

Guruchning eng qimmat narxi Farg‘ona markaziy dehqon bozorida: 5000 – 13000 so‘mdan sotilmoqda.

Eng arzon narx Toshkentdagi «Farhod» dehqon bozorida – 4000 – 10500 so‘m. 

O‘simlik yog‘i — 8 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000-10500 so‘m.

Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida  – 11000-12000 so‘m.

Un — 1 500 so‘mdan 4 500 so‘mgacha

Unning eng arzon narxi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmati Samarqand shahri «Siyob»bozorida – 4500 – 4000 so‘m.

Shakar — 4 100 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 5000-5500 so‘m.

Eng arzon narx «Chorsu» dehqon bozorida – 4100 – 4750 so‘m.

Tuxum — 300 so‘mdan 600 so‘mgacha

Ushbu mahsulotning eng arzon, ham eng qimmat narxini  Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da uchratish mumkin – 300-600 so‘m.

Kartoshka — 1 300 so‘mdan 2 500 so‘mgacha

Kartoshka mamlakatimiz bozorlarida o‘rtacha 1500 – 2000 so‘mdan sotilmoqda.

Jumladan, «Qo‘yliq» dehqon bozori (Toshkent shahri)da ushbu mahsulot 1300 so‘mdan 2500 so‘mgacha sotilyapti.

Pomidor — 2 500 so‘mdan 9 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2500 – 4000 so‘m.

Eng qimmati Yunusobod dehqon bozorida – 3000 – 9000 so‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring