Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘sht va tuxum narxi arzonlashadimi? Parrandachilik sohasiga berilgan yangi imtiyozlar bilan tanishing

Go‘sht va tuxum narxi arzonlashadimi? Parrandachilik sohasiga berilgan yangi imtiyozlar bilan tanishing

O‘zbekistonda parrandachilik sohasini yangi bosqichga olib chiqish, ichki bozorni sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida tadbirkorlarga misli ko‘rilmagan moliyaviy imtiyozlar taqdim etilmoqda.

Prezidentning 2026-yil 23-iyuldagi PQ–274-sonli «Parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori soha tadbirkorlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan «Mikrokreditbank» ATBga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan soha vakillariga yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

Ushbu imtiyozli mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:

  • Parrandachilik xo‘jaliklarini kengaytirish va rivojlantirishga;
  • Omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini moliyalashtirishga;
  • «Tayyor biznes» loyihalarini amalga oshirishga.

Yillik 10 foizli imtiyozli shartlar 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab faqatgina yangi rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Ishlab chiqarishni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoki sohaga yangi kirib kelayotgan tadbirkorlar uchun yana bir muhim yangilik bor.

2026-yil 1-avgustdan e’tiboran, parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda «tayyor biznes» loyihalarini (Prezidentning 2024-yil 27-iyundagi PQ–238-son qaroriga muvofiq) moliyalashtirish uchun quyidagi qulay shartlarda kreditlar ajratiladi:

Kredit muddati: 10 yilgacha;

Imtiyozli davr: 4 yil (bu davrda asosiy qarz to‘lanmaydi);

Yillik stavka: 10 foiz;

Moliyalashtiruvchi bank: «Mikrokreditbank» 

4 yillik imtiyozli davr va 10 yillik uzoq muddatli arzon kreditlar parrandachilik xo‘jaliklariga oyoqqa turib olish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish imkonini beradi.

Omuxta yem ishlab chiqaruvchilarning qo‘llab-quvvatlanishi esa parranda ozuqasi tannarxini pasaytirishga, bu o‘z navbatida bozorlarda go‘sht va tuxum narxlari barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring