Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Hyundai Motor Uz Namangan” O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi

“Hyundai Motor Uz Namangan” O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda “Evergreen Motors Group” kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keon boshchiligidagi bir qator Koreys kompaniyalari rahbar va mutaxassislari, viloyat davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

To‘raqo‘rg‘on tumanining Yettikon dahasida Koreyaning “Evergreen Motors Group” “Hyundai Motor company” kompaniyalari hamkorligida 103 gektar maydonda barpo etiladigan zavodda “Hyundai” rusumli tijorat yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqariladi. Zavod qurilishi uchun 2019-2021 yillarda 200 million dollar miqdorida investitsiya kiritiladi va shu yillar oralig‘ida 4 mingta turli xil yuk avtomobili ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, to‘rt yil mobaynida ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 45 foizga yetkaziladi.

Marosimda viloyat hokimi hamda “Evergreen Motors Group” kompaniyasi prezidenti tomonidan start tugmasi bosilib, ishtirokchilarning davomli qarsaklari ostida korxonaga asos solinishi sanasi va boshqa muhim ma’lumotlar solingan kapsula poydevorga tushirilib, bunyodkorlik ishiga ramziy kirishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring