Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki haftalik ko‘tarilishdan so‘ng, dollar kursi yana tushdi

Ikki haftalik ko‘tarilishdan so‘ng, dollar kursi yana tushdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 7-avgustdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan -8.83 so‘mga tushdi va 7783.05 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi ham yana pasaydi va o‘tgan haftaga nisbatan -79.57 so‘mga tushib, 9002.65 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli -1.23 so‘mga tushdi va 122.96 so‘m etib belgilandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh dollari kursi 24-iyulda +1,57 so‘mga, 31-iyulda esa +2.50 so‘mga ko‘tarilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring